• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-03-13

РESTITSIDLARNI ZAHARLILIGI VA XAVFLILIGIGA KOʻRA TASNIFLARGA AJRATISHGA DOIR GIGIYENIK TALABLARI O‘ZGARDI

topics-img

“Pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratishga doir gigiyenik talablar” 0067-24-son SanQvaM – pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratishga doir gigiyenik talablarini belgilaydi.

 

 Mazkur sanitariya qoidalari mikrobiologik preparatlar (murakkab biologik komplekslar, bakteriyalar va mikroorganizmlar) uchun tatbiq etilmaydi.

 

Shuningdek, quyidagi yangi talablar kiritildi:

 

 “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risidagi” 6084-sonli Prezident farmoniga muvofiq ushbu hujjat lotin alifbosida yangi tahrirda ishlab chiqildi;

 

 tushunchalarga qonun hujjatlariga mos o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan;

 

 pestitsidlar va ular tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarning zaharliligi va xavfliligini baholashdagi ishlatiluvchi asosiy mezonlarni hisoblash formulalari bilan to‘ldirildi.

 

 Рestitsidlar bilan ishlovchi xodimlar uchun sanitariya va gigiyena talablari nomli yangi bob qo‘shildi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee