• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-04-19

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA KOORDINATSION SANITARIYA NAZORATI O'TKAZILDI

topics-img

Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko'chasida joylashgan  "SARAY FOOD" MChGga qarashli "BEK SAROY" umumiy ovqatlanish muassasasida vakolatli organni xabardor qilgan holda  koordinatsion sanitariya nazorati o'tkazildi.

 

Oshxonadan bakteriologik va sanitar kimyoviy laborator tekshiruvlar uchun pishgan ovqat, xom mahsulotlar, suv va surtma namunalari olinib, tahlillar o'tkazildi.

Nazorat davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

-oshxonaning sanitariya holati qoniqarsizligi;

- oshxona anjomlarini gigiyenik belgilari to'liq tamg'alanmagan;

- sovutgichlarda mahsulotlarni sherikchiligi bo'yicha saqlash tartiblariga roiya qilinmagan;

- profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari bo'yicha shartnomalar tuzilmagan;

-zararsizlantiruvchi vositalar zahirasi yaratilmagan;

- xodimlarning muddatli tibbiy ko'riklardan o'tishi nazorat qilinmagan, xodimlar gigiyenik o'qitilmagan.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muassasa rahbariga ma'muriy bayonnoma tuzilib, kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee