• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-04-19

EMLASH XONALARIGA PLANSHETLAR TOPSHIRILDI

topics-img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 maydagi “Sog‘liqni Saqlash tizimini  raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi barcha emlash punktlarida "emlash.ssv.uz” EIR elektron emlash reestri, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limida  “vac.sanepid.uz” VLMIS vaksina logistikasi boshqaruv tizimi joriy etildi.

Endilikda barcha emlash punktlarida (tug‘ruqxonalar, davolash-profilaktika muassasalari, poliklinikalar va OShPlar)da ishlatilgan vaksinalar hisoboti, emlanganlar haqidagi ma’lumotlar "emlash.ssv.uz” EIR elektron emlash reestri orqali yuritiladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad tibbiyot muassasalarida emlash jarayonlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, raqamlashtirish jarayonini amaliyotga keng joriy qilish hamda tibbiyot sohasini takomillashtirishga doir yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishga qaratilgan.

 Tizimni joriy etilishida xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda aholini emlash muolajalarini qayd etish uchun taqdim etilgan planshetlardan maqsadli va oqilona foydalanish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bo‘lim, pоliklinika va OSHPlar emlashga ma’sul tibbiyot xodimlari o‘rtasida  Sanepidqo`mita tuman bo‘limi va tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari  ishtirokida  o‘quv-amaliy seminarlari o‘tkazildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee