• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-03-06

O'TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI YUZASIDAN SEMINAR O'TKAZILDI

topics-img

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning qator mamlakatlarida o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar bo‘yicha murakkab epidemik vaziyat vujudga kelgan.

 

Xabaringiz bor, o‘tgan yil davomida respublikamizga chegaradosh davlatlarda ham vaziyat bir muncha murakkablashdi. Shu munosabat bilan shuningdek, Sog‘liqni saqlash  vazirligining 2012-yil 29-oktyabrdagi “Tibbiyot xodimlarini o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘qitish to‘g‘risida” gi buyrug‘ining  ijrosini ta’minlash, shuningdek tibbiyot xodimlarini karantin va  o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha  bilim saviyasi, hushyorliklari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida bugun 7-sonli shahar klinik shifoxonasida “Vabo, o‘lat, Qrim-Kongo gemoragik isitma kasalliklari” bo‘yicha shahar seminari o‘tkazildi.

 

Ushbu seminar Toshkent shahar Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Seminarda Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasining bosh ginekologi,  bosh infeksionisti, barcha  yuqumli, somatik va klinik  shifoxonalarining hamda tug‘ruq komplekslarining bosh shifokor muovinlari, oilaviy poliklinika infeksionistlari, “Tez tibbiy yordam” shoxobchalarining katta shifokorlari va boshqarmaning dezinfeksiya bo‘limi epidemiologlari, barcha Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlarining epidemiologiya bo‘limi mudirlari, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan shug‘ullanuvchi vrach epidemiologlari va dezinfeksiya bo‘limlarining vrach dezinfektorlari ishtirok etishdi.

 

Seminarda tibbiyot xodimlariga karantin va  o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari bo‘yicha  hushyorlikni,  ehtiyotkorlikni oshirish  hamda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar aniqlangada kasallik o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini tashkillashtirish tadbirlari haqida tushunchalar berildi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee