• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-02-19

ICHIMLIK SUVINING SIFATI QANDAY BO'LISHI KERAK?

topics-img

Ichimlik suvi butun dunyo standartlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsuloti sifatida tasniflanadi. U inson salomatligi uchun xavfsiz bo‘lishi uchun laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi.

 

Birinchi navbatda tanlangan suv manbalari davlat standarti O`zDSt 951:2011 “Markazlashtirilgan xo‘jalik-ichimlik suvi bilan ta’minlash manbalari, gigiyenik, texnikaviy talablar va tanlash qoidalari” talablariga javob berishi shart. Agar tanlangan suv manbalaridagi sifat ko‘rsatkichlari gigiyenik talablarga javob bermasa, u holda suvlar maxsus tozalash inshootlarida bosqichma-bosqich qayta tozalanadi.        

      

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tuman bo'limi bakteriologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan ham tuman hududidagi ichimlik suv tarmog'ining boshi berk nuqtalaridan olingan namunalar  sanitar-bakteriologik tekshiruvlardan o'tkazildi.

 

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee