• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-05-02

“IMMUN PATRULI” LOYIHASI TAQDIMOTI O`TKAZILDI

topics-img

JSST va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamkorligida “Immun patruli” o‘yinlarini maktablarga kiritilishi mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotni o‘tkazishdan asosiy maqsad  o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida interaktiv ta`lim tajribasiga jalb qilgan holda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Loyiha amalga oshirilgach O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilari ularni sinf ichida bajariladigan vazifalari va onlayn o‘yinlarga jalb etuvchi “Immun patruli”– raqamli o‘yinlarga asoslangan o‘quv loyihasida bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu platforma 10-12 yoshli bolalarga yuqumli kasalliklar, immun tizimi va vaksinatsiya haqida bilim berish uchun JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qiziqarli o‘yin platformasi sifatida yaratilgan bu dastur bolalarni ular biladigan va sevadigan interaktiv kashfiyotlar dunyosiga taklif etadi. Bu yerda ular shunchaki passiv tomoshabinlar emas – o‘z sog‘liqlari haqidagi hikoya qahramonlariga aylanadi.

 Interfaol o‘yinlar orqali bolalar vaksinalar o‘zlarini va boshqalarni yuqumli kasalliklardan qanday himoya qilishini o‘rgatadigan hayoliy o‘quv markazi bo‘lgan Immun Patruli Akademiyasi a’zosiga aylanadi.

Bolalar guruhlarga bo‘lingan holda turli modullar bo‘ylab jamoaviy sayohatga yo‘l oladi, bu yerda ularga Djulyetta ismli animasion qahramon yordam beradi.

Modullarni yakunlagach o‘quvchilar Immun Patruli Akademiyasini tamomlaydi va olgan bilimlarini hayotda qo‘llashga tayyor bo‘ladi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee