• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-04-09

SIZDAN KELGAN SAVOLGA MUTAXASSIS JAVOBI

topics-img

 Respublika OITSga qarshi kurash markazi qoshida aholi orasida OIV infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida “Do‘stona xona” faoliyat yuritadi – U yerda fuqarolar anonim-hufyona va bepul  tarzda OIV infeksiyasi, gepatit va  zaxmga qon namunasi topshirishlari mumkin. Bundan tashqari “Do‘stona xona” faoliyati davomida, tahlillarda musbat natija aniqlangan fuqarolarga sindromal davolash ishlarini olib boradi.

Fuqarolarimiz uchun qo‘shimcha tarzda Respublikamiz bo‘ylab “Ishonch xona” lar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u yerda OIV infeksiyasiga ekspress test orqali anonim/xufyona tekshiruv ishlari o‘tkazilib, “OIV profilaktikasi bo‘yicha” tushuntirish ishlari olib boriladi.

Bundan tashqari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida Mobil laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mutlaqo bepul va anonim/xufyona tarzda OIV, gepatit va  zaxmga ekspress usulda tekshiruv yo‘lga qyilgan.

Shuningdek, fuqarolarimizga zarurat yuzasidan Sertifikat kerak bo‘lsa “Pullik xizmat ko‘rsatish bo‘limi”da OIV infeksiyasidan tashqari gepatit С, В turlari zaxm va boshqa klinik, biokimyoviy  hamda serologik tahlillarni sifatli va tezkor o‘tkazish hamda tegishli  sertifikat taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee