logo

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bosh mutaxassisi N. Qarshieva va RIEMYUPKIАTM ning boʼlim mudiri Sh.Аzimovlar Oʼta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni taʼminlash tadbirlarni oʼtkazilishi boʼyicha Jizzax viloyati SEO va JS boshqarmasida barcha viloyat davolash – profilaktika muassasalari bosh vrach oʼrinbosarlari, Jizzax shahar va tuman tibbiyot birlashmalari infektsionistlari, bosh xirurgi, bosh terapevti, bosh akusher ginekologi, antirabik yordam koʼrsatayotgan masʼul travmatolog-xirurglar va bosh xamshiralar, KTMP, QOP va QVP mudirlari, Jizzax shahar va tumanlar SEO va JSB epidemiologiya boʼlimi mudirlari hamda oʼta xavfli yuqumli kasalliklar boʼyicha masʼul mutaxassislar ishtirokida 2022 yilning 1-3 avgust kunlari oʼquv- amaliy seminarlari oʼtkazildi.

Oʼquv- amaliy seminarlari davomida kuydirgi, quturish, Qrim-Kongo gemorragik isitma, brutsellyoz, vabo va boshqa oʼta xavfli yuqumli kasalliklarni etiologiyasi, epidemiologiyasi, epizootologiyasi, klinikasi, qiyosiy va laboratoriya tashxisoti, davolash usullari va kasalliklarni profilaktikasi boʼyicha respublika muxataxassislari tomonidan tayyorlangan prezentatsiyalar asosida maʼruzalar oʼqildi.

Seminar yigʼilishida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga respublika mutaxassislari tomonidan javoblar oldilar.

Ushbu oʼquv-seminarlar respublika boʼyicha davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

@sanepidxizmat