logo

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi epidemiologiya kafedrasining kursantlari ishtirokida “Respublikada boshqariluvchi yuqumli kasalliklarning oldini olishda immunoprofilaktika tadbirlarining holati hamda kelgusidagi vazifalar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 Mashg‘ulot davomida Sanepidqo‘mitaning immunoprofilaktika bo‘limi mudiri D.Tursunova  va bosh mutaxassis X.Jamalovaning “Boshqariluvchi yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlashning  ahamiyati” to‘g‘risidagi  ma’ruzalari tinglandi.

Tadbirda poliomiyelit va qizamiq kasalliklarini chetdan kirib kelishi va uning oldini olish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi epidemiolog vrachlari bilan birgalikda muhokama etilib, vazifalar belgilandi.

 Mashg‘ulot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaksina saqlash omborxonalaridagi vaksinalarni sovutkichlarda saqlanish harorati bo‘yicha elektron kuzatuv monitoring jarayoni bilan tanishtirildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee