logo

 

O‘zingiz va atrofdagilar sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz, gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga gumon qilinsa, darhol shifokorga murojaat qiling va doimo quyidagilarga amal qiling:

– Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan og‘rigan barcha bemorlar isitma davrida albatta yotishi va shifokorni uyiga chaqiring;

– kasallikni oyoqda o‘tkazmang;

– shifokor maslahati va tavsiyalari asosida ish tuting;

– agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o‘rin-ko‘rpa ajratilib, kam harakat qilishi lozim;

– bemorga qarayotganlar burun va og‘izini respirator yoki dokali niqob bilan to‘sishi va qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvib turishga e’tibor qarating;

– bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tozalov ishlarini amalga oshiring;

– ko‘proq suyuqlik – quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm bo‘ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qiling;

– kasallangan davrda jamoat joylariga (ishxona, o‘qish, kinoteatlar, konsert zallari, yig‘ilishlar, mehmonga) bormang;

–  yo‘talganda va aksirganda og‘iz-burunni ro‘molcha bilan yoping.

O‘zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og‘ir asoratlarga olib kelishini unutmang!

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

@sanepidxizmat