• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-05-07

EMLASH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

topics-img

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda turadi va keng tarqalgan saraton xastaligi hisoblanadi. Tug‘ish yoshidagi ayollar (18-45 yosh) orasida kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha esa bachadon bo‘yni saratoni ko‘krak bezi saratonidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

 Emlash bu kasallikka chalinmaslik uchun yagona va xavfsiz, shu bilan birga eng samarali usullardan biridir.

Bachadon bo‘yni saratonini qizlarni odam papilloma virusiga qarshi emlash orqali oldini olish mumkin.

Navoiy viloyati Konimex tumanida Milliy emlash kalendari asosida 9 yoshli qizlarni 2-tur odam papilloma virusiga qarshi VPCH vaksinasi bilan emlash ishlari olib borildi.

Farzandlarimizni kelajakda sog‘lom avlod bo‘lib yetishishlari  maqsadida tuman hududida joylashgan maktablarda ham rejali ravishda emlash ishlari izchillik bilan olib borilmoqda va emlashning mohiyati to‘g‘risida o‘quvchilarga mutaxasislar  tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee