• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-02-07

ORGANIZMDA YOD TANQISLIGI OGʻIR ASORATLARNI KELTIRIB CHIQARISHI MUMKIN

topics-img

Ushbu kasallik toʻgʻrisida Sanepidqoʻmita Andijon viloyati boshqarmasi sanitarya vrachi Aʼzamjon Sodiqov bilan boʻlgan suhbatda batafsil maʼlumot berildi.

 

Yod mikroelementiga boʻlgan kunlik ehtiyoj oʻsmirlar va kattalarda kuniga 150 mikrogrammni tashkil qiladi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 665 million nafardan ortiq odam endemik buqoq va qalqonsimon bezning boshqa kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Qariyb 1,5 milliard kishida esa yod tanqisligi rivojlanishi xavfi mavjud.

 

 Yod mikroelementini inson organizmi ishlab chiqara olmaydi. Shu sababli uni faqat tashqi muhit orqali qabul qilishi mumkin — Bu modda organizmda qalqonsimon bez gormonlarining normal sintezlanishi uchun kerak. Agar yetarli darajada yod isteʼmol qilinmasa, qalqonsimon bez funksiyasi buzilishi kuzatiladi.

 

Qayd qilinishicha, yod mikroelementiga boʻlgan kunlik ehtiyoj chaqaloqlarda 50 mikrogramm, 1-6 yoshli bolalarda 90 mikrogramm, 7-10 yoshli oʻgʻil-qizlarda 120 mikrogramm, oʻsmirlar va kattalarda 150 mikrogrammni tashkil qiladi. Homiladorlik va emiziklilik davrida esa ayollarning yodga boʻlgan kunlik talabi 200-300 mikrogrammgacha ortib ketadi.

 

«Biroq, hozir yurtimizda deyarli barcha aholi vakillari ratsionida mazkur mikroelement tanqisligi kuzatiladi. Vaholanki, buning asoratlari yomon» yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omili. Bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari faoliyati bilan bogʻliq turli jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, tirnoqlarning tabaqalanishi, soch toʻkilishi, teri quruqlashuvi, uyquchanlik, charchoq ham organizmda yod taqchilligi alomatlaridan.

 

«Bu muammo bolalarda endemik buqoq, jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanishdan orqada qolishga sabab boʻladi»

 

Uning taʼkidlashicha, prezident qarori asosida Oʻzbekistonda aholining kasallikka chalinish xavfi yuqori boʻlgan guruhlari, jumladan, bolalar, oʻsmirlar, homilador va emizikli ayollarni yod preparatlari bilan bepul taʼminlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, respublikada ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan osh tuzini istisnosiz 100 foiz yodlattirishni taʼminlash qatʼiy nazorat qilib borilyapti.

 

2007 yilda «Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilinib, unda bozorni yodlangan tuz va oziq-ovqatlar bilan toʻldirishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy choralarni amalga oshirish, yodlangan tuz va oziq-ovqatlarning sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitini nazorat qilish, bunday mahsulotlar ishlab chiqarishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, davlat standartlarini tasdiqlash kabi vazifalar belgilangan edi. 2015 yilda qonunga kiritilgan qoʻshimchalar bilan yodlanmagan tuzni ishlab chiqarish va sotish taqiqlandi. Ushbu qonun qabul qilinayotgan vaqtda ham mamlakatda aholining 40 foizi yod tanqisligidan aziyat chekayotgan edi. Yodlangan tuz «Aholi oʻrtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi toʻgʻrisida»gi qonun asosida ishlab chiqariladi. Davlat standartida osh tuzi tarkibida yod miqdori tonnasiga 40 gramm boʻlishi belgilab qoʻyilgan.

 

Yana savol tugʻiladi: yodlangan tuz va oziq-ovqatlar oʻzi nima uchun kerak? Umuman, tuz nega yodlanadi?

Yod – inson organizmining meʼyoriy faoliyati uchun lozim boʻlgan element. U tabiiy ravishda faqat maʼlum iqlimda, koʻpincha dengizga yaqin mintaqalarda hosil boʻladi. Yod kam miqdorda uchraydigan hududlarda odamlarning bu moddaga ehtiyojini yetarli darajada qoplash uchun qoʻshimcha choralar koʻrish talab etiladi.

 

Yod tanqisligi aqliy zaiflikning asosiy omilidir. Maʼlumotlarga koʻra har yili dunyoda 38 millionga yaqin bola yod tanqisligi xavfi bilan tugʻiladi. Qolaversa, bu modda yetishmasligi qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish organlari bilan bogʻliq turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee