• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-09

JAMOAT SALOMATLIGINI FAVQULODDA BOSHQARISH DASTURINI REJALASHTIRISH

topics-img

Gruziya davlatining Tbilisi shahrida   JSST va AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) tomonidan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari uchun Jamoat salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish  markazlari faoliyati va kelgusida Jamoat salomatligini favqulodda boshqarish dasturini rejalashtirish hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi xodimlar bilim saviyasini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

        JSST va AQSHning CDC tashkiloti tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan yangi bo‘linma “Jamoat salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish markazi” faoliyati yuqori baholandi. Ekspertlar tomonidan aynan ushbu markaz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi qoshida tashkil etilishi maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.

         Ushbu seminarda kelgusida har bir davlatda Jamoat salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish  markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish va mutaxassislar bilim saviyasini oshirishda barqaror tizimni yaratish belgilandi.

 

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee