• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-13

ZARARSIZLANTIRISH ISHLARI SIFATLI O‘TKAZILMOQDA

topics-img

Sanepid qo‘mita Jizzax viloyati boshqarmasi hamda shahar va tuman bo‘limlari tomonidan viloyat hududidagi yuqumli kasalliklar o'choqlarida zararsizlantirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

 

 Jumladan, joriy yil davomida bo‘lim mutaxassislari tomonidan jami 1642 ta obyektlarda zararsizlantirish ishlari o‘tkazilib, 17324 ta namuna bakteriologiya usulida, 1096 ta namuna kimyoviy usulda tekshirish uchun olindi.

 

 Shuningdek, yuqumli kasallarga qarshi yakuniy zararsizlantirish bo‘yicha jami 1732 ta buyurtmalar kelib tushgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan ushbu buyurtmalarning 1721 tasi to‘liq va sifatli bajarilishiga erishildi.

 

 Kelib tushgan buyurtmalarga asosan mutaxassislar 282 ta umumta’lim maktabi va 103 maktabgacha ta’lim tashkilotida, jumladan, 260 ta obyektda virusli gepatit kasalligiga qarshi, 1 obyektda sil kasalligiga qarshi, 76 ta obyektda o‘tkir ichak kasalliklariga qarshi, 27 ta obyektda qichimaga qarshi, 11 obyektda zamburug‘ga qarshi  qarshi zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.  

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati