• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-14

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO'LIB O'TMOQDA

topics-img

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida oliygoh hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi, G.N.Gabrichevskiy nomidagi Moskva epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Rossiya Federatsiyasi  Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) bilan hamkorlikda "Yuqumli kasalliklar — gastroenterologiya, pulmonologiyaning fanlararo masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tmoqda.

Konferensiyada Sog'liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, OITSga qarshi kurashish Respublika markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti hamda ularning viloyat filiallari xodimlari,  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari mutaxassislari, ilmiy tibbiyot markazlari, poytaxt va viloyat yuqumli kasalliklar klinikalari shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari ushbu yirik konferensiya doirasida Rossiya, Belarusiya, Qirg'iziston, Qozog'istonning yetuk olimlari ma'ruza qiladilar.

Konferensiyaning o'tkazilishidan asosiy maqsad yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasidagi yangi yutuqlarni muhokama qilish, MDH mamlakatlari va xorijlik mutaxassislar bilan ilg'or tajriba almashishdan iborat.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee