• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-12-25

VIRUSOLOGIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI DIREKTORI – AKADEMIK BO‘LDI

topics-img

VIRUSOLOGIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI DIREKTORI AKADEMIK BO‘LDI

 

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Akademik bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF–27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib,  tibbiyot fanlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Musabayev Erkin Isakovich tasdiqlandi.

 

Sanepidqo`mita Axborot xizmati