Спутник "V"

Sputnik V-Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksina bo‘lib, suyuq foydalanishga tayyor holda chiqariladi va mushak orasiga qabul qilinadi. Dozasi -0,5 ml (2 komponentlik). Ishlab chiqarish shakli: bir dozali ampula 0,5 ml. , ikki dozali ampula 1,0 ml., 5 dozali flakon 2,5 ml.

I –komponent alohida, II-komponent alohida ampula (flakon)da ishlab chiqarilgan. Ampula (flakon) ochilgandan so‘ng xona haroratida 2 soat ichida foydalanish mumkin. Vaksinaning samaradorligi 92%.  -18°C yuqori bo‘lmagan haroratda, saqlash muddati 6 oy. Dozalash rejimi -2 dozada 21 kunlik interval bilan qabul qilinadi. Vaksinani chayqatish mumkin emas.

-18gradus S da saqlanadi. Gripp, yoki boshqa turdagi vaksinalar bilan bir vaqtda emlash mumkin emas,  14 kun oraliq bo‘lishi kerak. 

BioNTech, Pfizer

Pfizer / BioNTech tomonidan tayyorlangan (BNT162b2) AQShda ishlab chiqarilgan vaksina bo‘lib, quruq, qayta tiklash uchun liofilizatsiya qilingan holda chiqariladi va mushak orasiga qabul qilinadi. Dozasi 0,3 ml (2 martalik)

Ishlab chiqarish shakli 2 ml flakonda (6 dozali). Erituvchisi alohida flakonda. Ampula ochilgandan so‘ng xona haroratida 2 soat ichida foydalanish mumkin. Vaksinaning samaradorligi 95%.  -90 °Cdan -60 °Cgacha xaroratda 6 oy davomida, -20 S gradusda 14 kun, +2 +8°C haroratda 30 kun davomida saqlanadi. Dozalash rejimi 2 dozadan 21- 28 kunlik interval bilan.

Vaksinani chayqatish mumkin emas. Eritilgandan so‘ng qayta muzlatish qat’iyan taqiqlanadi. Gripp, yoki boshqa turdagi vaksinalar bilan bir vaqtda emlash mumkin emas,  14 kun oraliq bo‘lishi kerak. 

Astra Zeneca

AstraZeneca- Niderlandiya, (Covisheld)-  Hindistonda ishlab chiqariladi. Suyuq foydalanishga tayyor holda chiqariladi va mushak orasiga qabul qilinadi. Dozasi -0,5 ml (2 martalik). Ishlab chiqarish shakli  5 ml flakon (diametr 16,5 mm x balandlik 52 mm). 10 dozali flakonda chiqariladi.

Qopqoqni olib tashlagandan so‘ng birinchi dozani olib 6 soat davomida foydalanish mumkin. Vaksinaning samaradorligi  97%. Saqlash muddati   +2 +8°C da  9 oy davomida. Dozalash rejimi- 2 dozada 21-28 kunlik    interval bilan qabul qilinadi. Vaksinani chayqatish mumkin emas. Muzlatish qat’iyan taqiqlanadi. Gripp, yoki boshqa turdagi vaksinalar bilan bir vaqtda emlash mumkin emas,  14 kun oraliq bo‘lishi kerak. 

ZF-UZ-VAC 2001

 ZF-UZ-VAC 2001- O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina bo‘lib, suyuq foydalanishga tayyor holda chiqariladi va mushak orasiga qabul qilinadi. Dozasi -0,5 ml (3 martalik). ). Ishlab chiqarish shakli bir dozali ampula 0,5 ml., 2 dozali 1,0 ml. , 5 va 10 dozali flakonlarda. Ampula ochilgandan so‘ng darhol ishlatilishi kerak. Vaksinaning samaradorligi 95%. +2 +8°C haroratda saqlanadi. Saqlash muddati 24 oy. Dozalash rejimi 1 oyda 1 dozadan 3oy davomida 3 marotaba. Yengil silkitib aralashtiriladi! Muzlatish qat’iyan taqiqlanadi. Gripp, yoki boshqa turdagi vaksinalar bilan bir vaqtda emlash mumkin emas,  14 kun oraliq bo‘lishi kerak.   

Moderna

Moderna (mRNK-1273) AQShda ishlab chiqarilgan vaksina bo‘lib, suyuq foydalanishga tayyor holda chiqariladi va mushak orasiga qabul qilinadi. Dozasi -0,5 ml (2 martalik). Ishlab chiqarish shakli  10 dozali 5,0 ml flakonda (diametr 16,5 mm x balandlik 52 mm). 14 dozali 7,0 ml flakonda  chiqariladi. Flakon qopqog‘i ochilgandan so‘ng xona haroratida 6 soat ichida foydalanish mumkin. Vaksinaning samaradorligi 94.5%. Saqlash muddati   -25°C -15°Cda 7 oy davomida, +2 +8°Cda 30 kun davomida. Dozalash rejimi-2 dozada 21- 28 kunlik interval bilan qilinadi. Vaksinani chayqatish mumkin emas. Muzlatish qat’iyan taqiqlanadi. Gripp, yoki boshqa turdagi vaksinalar bilan bir vaqtda emlash mumkin emas,  14 kun oraliq bo‘lishi kerak. 

Sinovac

Sinovac-CoronaVac  Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina bo‘lib, suyuq foydalanishga tayyor holda chiqariladi va mushak orasiga qabul qilinadi. Dozasi -0,5 ml (2 martalik). Ishlab chiqarish shakli  bir dozali ampula 0,5 ml.

Flakon qopqog‘i ochilgandan so‘ng xona haroratida 6 soat ichida foydalanish mumkin. Vaksinaning samaradorligi 95%. +2 +8°C haroratda saqlanadi. Dozalash rejimi 2 dozada 21- 28 kunlik interval bilan. Vaksinani chayqatish mumkin emas. Muzlatish qat’iyan taqiqlanadi. Gripp, yoki boshqa turdagi vaksinalar bilan bir vaqtda emlash mumkin emas,  14 kun oraliq bo‘lishi kerak. 

Sputnik light

Sputnik Light-Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksina bo‘lib, suyuq foydalanishga tayyor holda chiqariladi va mushak orasiga qabul qilinadi. Dozasi -0,5 ml (1 martalik). Ishlab chiqarish shakli bir dozali ampula 0,5 ml.

Ampula ochilgandan so‘ng xona haroratida 2 soat ichida foydalanish mumkin.

Vaksinaning samaradorligi 98,1%. -18°C yuqori bo‘lmagan haroratda, saqlash muddati 6 oy. Dozalash rejimi 1 dozada. Vaksinani chayqatish mumkin emas. Eritilgandan so‘ng qayta muzlatish qat’iyan taqiqlanadi. Gripp, yoki boshqa turdagi vaksinalar bilan bir vaqtda emlash mumkin emas,  14 kun oraliq bo‘lishi kerak.

 

Jami foydalanilgan vaksinalar
244 328 603

  • Birinchi doza
  • Ikkinchi doza
  • Uchinchi va buster doza

To'liq vaksina olganlar
17 714 198



Viloyatlar kesimida