• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-16

TIBBIYOT CHIQINDILARNI UTILIZATSIYA QILISH BO'YICHA MUASSASA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

topics-img

Bugun Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Markaziy shifoxonasida Sog‘liqni saqlash vazirligi va YUNISEFning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-son topshirig‘i,  shuningdek Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va GAVI (Vaksinalar va emlash bo‘yicha global alyans) tashkiloti yordami bilan tibbiyot chiqindilarni utilizatsiya qilish muassasasini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda GAVI hamda YUNISEF tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi mutaxassislari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee