• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-02-26

SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA SOHASIDA QANDAY ILMIY IZLANISHLAR OLIB BORILMOQDA?

topics-img

 

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti 1934-yilda tashkil etilgan bo‘lib, gigiyena fani va kasb patologiyasi sohasidagi yagona yetakchi ilmiy muassasa hisoblanadi.

 

Hozirgi vaqtda institut tarkibida 9 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy laboratoriyalar mavjud bo'lib, ularning faoliyati quyidagilarga qaratilgan:

 

- aholi, shu jumladan bolalar va o‘smirlar, shuningdek, zararli va noqulay ishlab chiqarish omillari sharoitida mehnatga layoqatli aholi salomatligiga noqulay ekologik omillarning ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari;

 

- atmosfera havosi, tuproq va suvning sifatini gigiyenik standartlari  va sanitariya mikrobiologiyasi;

 

- aholi punktlari, turar-joy va jamoat binolarini rejalashtirishning gigiyenik me'yorlari;

 

- qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan yangi pestitsidlar va mineral o'g'itlardan xavfsiz foydalanishning gigiyenik qoidalari;

 

- turli yoshdagi va kasbiy guruhlar uchun o'rtacha kunlik ovqatlanish me'yorlarini hisobga olgan holda aholining xavfsiz va oqilona ovqatlanish mezonlari;

 

- kasbiy xavflarni boshqarishni kompleks tizimi, kasb kasalliklarining oldini olish va davolash, tibbiy va ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi.

 

Kasb kasalliklariga uchragan bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatish, davolash va reabilitatsiya qilish uchun institutda 100 o'ringa mo'ljallangan klinika, alohida kasbiy guruhlarning sog'lig'ini dispanser monitoringini o'tkazish uchun dispanser bo'limi ham faoliyat yuritadi. Institut 20 dan ortiq yetakchi xorijiy va milliy ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

 

Oxirgi 3 yil davomida institut ilmiy xodimlari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, jumladan:

 

- ixtirolarga patentlar va kompyuter dasturlarini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomalari - 17 ta;

 

- xorijda 10 dan ortiq monografiya va darsliklar nashr etilgan;

 

- 90 dan ortiq me’yoriy-uslubiy hujjatlar, jumladan, uslubiy tavsiyalar, toksikologik pasportlar ishlab chiqilgan;

 

- 45 dan ortiq sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiyena normativlari qayta ko‘rib chiqilib, xalqaro standartlarga moslashtirildi;

 

- 230 dan ortiq ilmiy maqolalar yetakchi ilmiy jurnallarda chop etilgan, ularning 30 foizi Scopus va Web of Science ilmiyometrik maʼlumotlar bazalariga joylashtirilgan.

 

Amalga oshirilayotgan barcha ilmiy-tadqiqot ishlari salomatlikni muhofaza qilish, aholi o‘rtasida kasallanishning oldini olish va respublika aholisining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee