logo

Yoz boshlanishi bilan shaharlarimizning odamlar gavjum joylarida favvoralar ishlay boshlaydi. Jazirama issiqda ular beradigan salqinlik va qulaylik juda yoqimli va ajoyib, lekin bu favvoralar suvida cho‘milish mumkinmi?

Masalan, shahar markazida chiroyli favvora mavjud. U tozalanadi, yuviladi va toza ichimlik suvi quyiladi. Bu suv bir necha hafta davomida yopiq siklda aylanadi. Hech qanday xavf yo‘qdek tuyuladi. Lekin favvoraning toza bo‘lib tuyulishini  butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud - u ochiq osmon ostida, va barcha tirik mavjudotlar va shamol  uchun ochiqdir. Masalan favvora ustidan bir qush uchib o‘tdi va u axlatini suvga tushirdi. Qarabsizki suvda gelьmint lichinkalari ko‘payishni boshlaydi.

Keyin yaqin atrofda yugurib yurgan kuchukcha suv ichdi va cho‘milib oldi, yana gelьmint tuxumlari qo‘shildi. Shu sababli favvoralarda cho‘milgan odam turli ichak va teri kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin.

Favvoralar suvi basseynlar suvi kabi zararsizlantirilmaydi. Yana bir jihati cho‘milayotgan odam favvoraning silliq tubida sirpanib yiqilib tushishi mumkin, suvning tubida esa qattiq shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir, qirrali moslamalar joylashgan bo‘ladi.

Shunday qilib, favvoralar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va salqinlik berish uchun qurilgan me'moriy va dekorativ element bo‘lib, ularning suvi ichish yoki cho‘milish uchun mo‘ljallanmagan.