logo

Jazirama issiq – havo haroratining bir necha kun davomida 10 va undan ortiq gradusga keskin koʼtarilishi bilan tavsiflanadi.

Issiqlik olishning kritik holati jazirama issiqda uzoq muddat boʼlish natijasida oftob urishi yoki yurak faoliyatining buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Tananing qizarib ketishi, kuchli chanqash, qaqrab ketish issiqlik urishining asosiy belgilaridan hisoblanadi. Keyinchalik yurak faoliyatining toʼxtab qolishi, xushdan ketish holatlari ham kuzatiladi.

Jazirama issiq paytida qanday xarakat qilish kerak.

1. Harorat koʼtarilganda issiqdan panaga oʼting. Havo oʼtadigan och rangdagi kiyim (paxta matosidan tayyorlangan) kiyish tavsiya etiladi. Bosh kiyimni ham kiyishni unutmaslik kerak.

 2. Koʼp suv ichish – suv ichish organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi. Issiq paytida har kuni suyuqlik isteʼmol qilishni koʼpaytirish kerak. Oddiy ichimlik suvi isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir. Pivo va boshqa alkogol ichimliklar organizmni yomonlashishiga olib keladi. Jazirama issiq paytida soat 12.00 dan 16.00 ga qadar koʼchaga chiqmaslik va ochiq quyoshda yurmaslik tavsiya etiladi. Kunni shunday rejalashtirish kerakki, jazirama issiq vaqtini uyda yoki ishxonada oʼtkazish darkor.

3. Tez-tez dush qabul qiling. Tez-tez dush qabul qilish tananing nafas olish tizimini yaxshilaydi. Suv xona xaroratida boʼlishi kerak. Suvni kuchli sovutish oqibatida xaroratning keskin oʼzgarishi zotiljam kasalligiga yoʼl ochib beradi.

4. Jazirama issiq urganda zudlik bilan soya joyga, shamol bor joyga oʼting yoki dush qabul qiling. Tanani sovutishga xarakat qiling.

5. Ovqatlanish tartibini oʼzgartirishga xarakat qiling. Jazirama issiq paytida sovuq ovqatlar, koʼproq meva va sabzavotlar isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Ovqat albatta tuzli boʼlishi darkor, chunki havo xarorati yuqori boʼlganda odam organizmidan koʼp miqdorda natriy chiqib ketadi.

6. Sintetik materialdan kiyim kiyishdan saqlaning. Tabiiy maxsulotlar- paxta, ipak tolalaridan tayyorlangan kiyimlar issiq havoda qulaydir. Kepka, panama yoki shapka kiyishdan uyalmang. Issiq urishi asosan boshning isib ketishidan boʼladi.

7. Bunday issiqda konditsionersiz qiyin. Konditsioner bor xonada boʼlganingizda uning roʼparasiga oʼtirmang. Konditsionerning ishlashi jarayonida qanchadan –qancha bakteriyalar sovuq havo bilan birga xonada haydalib, surunkali bronxit va pnevmoniyani qoʼzgʼatadi.

8. Tana xaroratinig sovushi qoʼl va oyoq mushaklarini tortilishiga olib keladi. Issiq urishi alomatlaridan (umumiy charchash, bosh ogʼrigʼi, xushni yoʼqotish, yuz terisini qizarib yoki oqarib ketishi, pulьs meʼyori buzilishi) terlash natijasida inson organizmida suvga extiyoj koʼpayadi, shu sababli 80-100 ml.miqdorida suv ichish va ogʼiz boʼshligʼida bir oz ushlab turish, badanni sovutib, soyaga oʼtib, badanning hamma yeriga suv quyish zarur.