logo

Poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar va tuman boʼlimlarining mas`ul tibbiyot xodimlari ishtirokida “Vaktsinalarni samarali boshqaruvini kompьyuter dasturida tatbiq etish” mavzuda oʼquv mashgʼuloti oʼtkazildi.

Tadbir davomida turli kasalliklarga qarshi kurashishda vaktsinatsiya eng samarali usul ekanligi alohida taʼkidlandi. Vaktsinalarni saqlash, sovuqlik zanjiriga amal qilgan holda joylarga yetkazishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish muhimligi maʼruzachilar tomonidan aytib oʼtildi.

Bu tizimni yaratishdan maqsad hamma viloyat, shahar va tumanlardagi vaktsina saqlash omborxonalarida vaktsinalarning olingani-ishlatilgani-qoldigʼi toʼgʼrisidagi qogʼozdagi hisobotlarni kompьyuter dasturida yuritish va nazoratni olib borishdan iboratdir.