logo

Muzqaymoqlar yozning issiq kunlarida insonlar tomonidan sevib isteʼmol qilinadigan, chanqoqbosdi, ozuqaviy qiymatga ega sut mahsulotlaridan sanaladi.

Muzqaymoqlar Vazirlar Mahkamasining 407-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan tartibda mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan turg'un va ko'chma savdo nuqtalaridan sotilishiga ruxsat etiladi.

🔴Yumshoq (frezerli) muzqaymoqlar faqat turg'un savdo nuqtalarida sotilishi shart.

🟢UNUTMANG

ko'cha-ko'ylarda belgilanmagan joylarda sotilayotgan muzqaymoqlar, ayniqsa frezerli uskunalarda tayyorlangan muzqaymoqlarni xarid qilmang

 erib qolgan, butunligi buzilgan muzqaymoqlarni sotishga ruxsat etilmaydi.

SALOMATLIK UCHUN JUDA MUHIM:

xavfsizligi kafolatlanmagan, saqlash va savdo qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan muzqaymoqlarni isteʼmol qilish natijasida ovqatdan zaharlanishlar, oʻtkir yuqumli ichak kasalliklar kelib chiqishi mumkin;

muzqaymoqlar sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari mavjud boʻlganida savdo qilinishiga ruxsat etiladi. Qadoqlangan muzqaymoqlar talab etilgan haroratda muzlatgichlarda saqlanishi shart;

 muzqaymoqlarni xarid qilishda ularning saqlash sharoiti, qadogʻi va undagi isteʼmol muddatiga doimo eʼtibor berish kerak;

 muzqaymoq sotuvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtishlari va maxsus kiyim bilan taʼminlanishi shart.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee