logo

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida “OIV/OITS, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan va  virusli gepatit kasalliklariga ko‘proq moyil bo‘lgan aholi guruhlari, shu jumladan migrantlar o‘rtasida oldini olish tizimini takomillashtirish” borasidagi tadbirlar samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Respublika OITSga qarshi kurash markaziga berilgan mobil kompleks orali yuqumli kasalliklarni yuqtirishga moyil bo‘lgan aholi guruhlarini ushbu kasalliklarga tezkorlikda laborator usulida tekshirib, kerakli mutaxassislarga yo‘naltirish, maslahat berish va instrumental tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Mobil klinika orqali amalga oshirilayotgan tekshiruvlar, OIV, virusli gepatit, zaxm va COVID-19 kasalliklari yuzasidan maslahatlar berish, testlar o‘tkazish, so‘ngra ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirib kelinmoqda. 

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Navoiy viloyatining Xatirchi, Karmana va Qiziltepa tumanlarida o‘tkazildi. Tuman mahallalari aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan tadbirga Navoiy viloyatining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari UTT mutaxassislari, ayollar shifokori, terapevt va  yuqumli kasalliklar shifokori  kabi mutaxassislar jalb etildi.

      Aholini profilaktik ko‘rik va testdan o‘tkazilishi bepul amalga oshirildi. Ta’kidlash joizki, Navoiy viloyatining UTT mutaxassislari 271 nafar aholini ko‘rikdan o‘tkazib, birlamchi maslahatlarni berib o‘tishdi. Ayollar shifokori  112 nafar ayolni ko‘rikdan o‘tkazib, kerakli mutaxassislarga  yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, tumanlarda  terapevt 185 nafar  aholini,  yuqumli kasalliklar  shifokori  77 nafar aholini ko‘rikdan o‘tkazib, birlamchi maslahatlarni  berishdi. Natijalari ijobiy bo‘lganlar yashash joyidagi dermatovenerolog, infeksionist, ginekolog va boshqalarga qayta ko‘rikdan o‘tish uchun yuborildi.

Navoiy viloyati tumanlarida  OIV infeksiyasi, virusli gepatit V va S, zaxm kasalligi va COVID-19ga ekspress test usulida aholi tekshiruvlardan o‘tkazildi.

Mahallalarda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik jarayonida markaz mutaxassislari tomonidan aholi orasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari ham amalga oshirildi. Tibbiy  ko‘rikka  kelganlarga jinsiy yo‘l orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar haqida mutaxassislar tomonidan umumiy tushunchalar berilib, “OIV/OITS nima?”, “OIV/OITSning oldini olish”, “OIV/OITSga qarshi kurash” kabi mavzularidagi axborot-ta’lim qo‘llanmalari tarqatildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee