• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-12-07

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATI O‘RGANILDI

topics-img

 "Sifat haftaligi" doirasida aholini sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, dehqon bozorlarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi yuzasidan Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo’limlari tomonidan sanitariya-targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

 

Sanepidqo‘mitaning Jizzax viloyati Forish tumani bo‘limi xodimlari tomonidan veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda "Forish dehqon bozori" MCHJda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘rtasida “Dehqon bozorlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari to‘g‘risida”gi sanitariya qoida va me’yorlariga amal qilinishini o‘rganish yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

 

 Nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlarga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni sotish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari savdosini sanitariya qoidalariga amal qilgan holda tashkil etish, uy sharoitida tayyorlangan, sanitariya talablariga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

 O‘tkazilgan tadbirlar davomida ikkilamchi go’sht mahsuloti (jigar) iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlanib, tegishli tartibda sotuvdan olindi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee