• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-12-04

O‘ZBEKISTON AHOLISINING YARMI ORTIQCHA VAZNGA EGA

topics-img

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 18-64 yoshdagi aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki:

•  har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar iste’mol qilmaydi;

 

•  aholining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz;  

 

•  fuqarolarning 46,3% qonida xolesterin miqdori me’yordan yuqori;

•  aholining o‘rtacha tuz iste’moli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.

 

 Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko‘p (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.

 

 Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishiga jalb etish muhim ahamiyatga ega.

 

Jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

 

·        yoshlarda o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish;

 

·        kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

 

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee