• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-05-03

OROMGOHLAR MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA

topics-img

Bolalarning yozgi ta’tilini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida respublikamizning barcha hududlaridagi bolalar oromgohlarida bu yilgi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Oromgohlar bolalarning maroqli dam olishlari, vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun eng yaxshi sog‘lomlashtirish maskani hisoblanadi.

Bu maskan bolalarning  bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish bilan bir qatorda, ularni yangi do‘stlar orttirishlariga zamin yaratadi.

Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 14 ta bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyat yuritmoqda.

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Quva tuman bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 29 martdagi “2024 yil yoz mavsumi davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Quvasoy shahar, “Lashkar” MFY hududida joylashgan “Quvasoy” bolalar  sog‘lomlashtirish oromgohida yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘z navbatida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun kerakli tavsiyalar berildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee