• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-15

OQAVA SUVLARNI TOZALASH SAMARASI LABORATOR TAHLILLAR YORDAMIDA O'RGANILDI

topics-img

Salar aeratsiya stansiyasi Toshkent shahrining 6 ta tumanidan oqib keluvchi oqava suvlarni qattiq chiqindilardan tozalash, aeratsiya qilish (havo bilan to'yintirish) va zararsizlantirish ishlarini o'tkazish uchun moslashtirilgan inshootdan iborat bo'lib, 1 sutkada 750 000 kubometr oqava suvni tozalash imkoniyatiga ega. Sergeli tumani Sa'diy ko'chasida joylashgan bu inshoot oqava suvlarni 4 ta tozalash bosqichlaridan o'tkazib, dala, bog' va ekinlarni sug'orish uchun to'yintirilgan va zararsizlantirilgan suvlarni etkazib beradi.

 

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi mutaxassislari tasdiqlangan yillik reja asosida Salar oqava suvlar aeratsiya stansiyasining tozalash bosqichlaridan sanitar kimyoviy va mikrobiologik ko'rsatkichlar uchun suv namunalarini olib, laborator tahlillardan o'tkazdi.

 

Oqava suvlarni tozalash, to'yintirish, zararsizlantirish ishlarini samarasini aniqlash maqsadida o'tkazilgan laborator tahlillar natijalariga ko'ra suvning mikrobiologik ko'rsatkichlari ruxsat etilgan me'yorlar darajasida ekanligi aniqlandi. Sanitar kimyoviy tahlil natijalariga ko'ra tozalangan suvning kislorodga bo'lgan biologik ehtiyoji me'yordan yuqoriligi aniqlandi.

 

Laborator tahlillar natijalari asosida Salar aeratsiya stansiyasi mutasaddilariga ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee