• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-12-21

MALAKA OSHIRISH TRENINGLARI OʻTKAZILDI

topics-img

MALAKA OSHIRISH TRENINGLARI OʻTKAZILDI

Termiz shahrida “Maktabgacha taʻlim tashkilotlarida oziq-ovqat xavfsizligining tamoyillarini o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida 16 soatlik malaka oshirish treninglari oʻtkazildi.

 

📌 Joriy yilning 18-21-dekabr kunlari Termiz shahrida AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida “Mercy Corps” [MERSIKO] xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan hamkorlikda Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Shoʻrchi tumanlaridagi maqsadli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan jami 90 nafar xodim – direktor, xoʻjalik mudiri va oshpazlari uchun malaka oshirish treninglari oʻtkazildi.

 

Mazkur treningda oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz tayyorlash va saqlash tushunchalari, MTTda xo‘jalik  bo‘lim boshlig‘i, bosh oshpaz va  oshpazlarning majburiyatlari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun to‘yimli, xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, DMTT oshxonalariga qo‘yilajak gigiyenik talablar, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va saqlash hamda ovqat tayyorlash uchun sanitairya-gigiyenik talablar, dezinfeksiyalash vositalarini saqlash qoidalari, DMTTlarga “Mercy Corps” xalqaro NNT taqdim etgan  oshxona jihozlari va suvni filtrlash tizimlaridan foydalanish qoidalari kabi bir qator mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.