• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-12-22

MAKTABGACHA TA’LIM VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FOYDALANILADIGAN MEBELLARNI ISHLAB CHIQARISH, JOYLASHTIRISH VA JIHOZLASH TALABLARI O‘ZGARАDI

topics-img

MAKTABGACHA TA’LIM VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FOYDALANILADIGAN MEBELLARNI ISHLAB CHIQARISH, JOYLASHTIRISH VA JIHOZLASH TALABLARI O‘ZGARАDI

 

“Maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari” 0057-23-son yangi SanQvaN loyihasi – maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida foydalaniladigan mebellarni ishlab chiqarish, joylashtirish va jihozlashga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.

Shuningdek, mazkur SanQvaN loyihasiga quyidagi yangi talablar kiritilgan:

🔹Ikki qavatli krovatlarni tayyorlashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:

krovatlar yerdan 800 mm va undan yuqori balandlikda joylashgan va to‘rt tomondan to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi;

to‘siqning ustki qirrasi va krovat asosining ustki yuzasi orasidagi masofa kamida 260 mm, to‘siqning yuqori qirrasi va to‘shakning yuqori yuzasi o‘rtasidagi masofa kamida 160 mm bo‘lishi;

krovat va to‘siqning pastki yuzasi orasidagi yoki to‘siqning alohida gorizontal yoxud vertikal elementlari orasidagi tirqish 60 mmdan 100 mmgacha bo‘lishi;

krovatdagi to‘shak ustki yuzasidagi marker maksimal darajada o‘chirilmaydigan bo‘lishi kerak.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun dasturlar va multfilmlarni tomosha qilish uchun ekran diagonali bo‘yicha 59–69 sm o‘lchamdagi televizorlardan foydalanilishi kerak.

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining fizika, kimyo va biologiya fanlari-laboratoriya xonalari  ikki o‘rinli stollari bilan jihozlanadi;

“Zamonaviy maktab” loyihasi asosida quriladigan maktablarning fizika STEAM laboratoriya xonalari ikki o‘rinli hamda kimyo va biologiya STEAM laboratoriya xonasi to‘rt o‘rinli o‘quvchilarning 6 raqamli laboratoriya stollari bilan jihozlanishi lozim.

  Sinf doskasi GOST 22046-2016 “O‘quv muassasalari uchun mebel. Umumiy texnik shartlar”ga mos kelishi kerak. Doskalar bo‘r, rangli flomasterlar bilan yozishga, shuningdek, rasmlar va xaritalar magnit bilan mahkamlab o‘rnatishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.

 

Sanepidqo`mita Axborot xizmati