• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-12-06

FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA ULARNI BARTARAF ETISH

topics-img

Ma’lumki, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda inson hayoti xavf ostida qoladi. Aynan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish masalasi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari hamda zilzila va uning oqibatlari” mavzusida  ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotida shu haqida so‘z bordi.

Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari – I.Kallibekov va M.Otaqulov ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muhandisi Hamroqul Komilov tadbirni ochib berdi.

Tadbirda Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari – I.Kallibekov va M.Otaqulovlar tomonidan favqulodda vaziyatlarda yuzaga keladigan noxush holatlarda to‘g‘ri harakat qilish asoslari yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.

Aholini tabiiy va is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘in hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, mavsumiy sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Hayotiy misollar keltirib o‘tildi. Korxona va tashkilotlar, turar-joylarda belgilangan qoidalarga amal qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qanday to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan tushunchalar berildi.

Ishni boshlashdan oldin va ish paytida, favqulodda vaziyatlarda, ish oxirida xavfsizlik talablariga amal qilish muhimligi eslatib o‘tildi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan videorolik namoyish etildi. Ogohlik, to‘g‘ri harakat har qanday vaziyatda qo‘l kelishi tushuntirib o‘tildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee