• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-03-29

DAVLAT IDORALARINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDAGI FAOLIYATI SAMARADORLIGI REYTING BAHOLANDI

topics-img

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha  davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.

 

Bu yil  95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi.

 

Baholash natijalariga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi 81 ball bilan “yaxshi”  deya baholandi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee