• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-12-05

“AYRIM DOLZARB VIRUSLI INFEKSIYALAR TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH CHORA-TADBIRLARINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA” GI 243-SONLI PREZIDENT QARORI IJROSI BO‘YICHA MA’LUMOT

topics-img

Butunjahon gepatit alyansining 2021 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, gepatit B va C virusi sababli har yili 1.5 millionga yaqin odam vafot etadi. Bu esa  OIV/OITS va bezgakdan ko‘proq deganidir.

Yurtimizda ushbu xavfli kasallikni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash maqsadida  Prezidentimizning 2022 yil 16 mayda tegishli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda virusli gepatitlarning “B” va “C” turlarini erta aniqlash uchun respublikaning barcha hududlarida skrining tekshiruvlarini o‘tkazish va kasallikni davolash qamrovini oshirish borasida bir qator muhim vazifalar belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda yurtimizdagi 65 dan ziyod oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda ushbu kasallikni aniqlash uchun bepul skrining tashkil etildi. 

Joriy yilning hozirgi davriga qadar  696 147 nafar aholi gepatit B turiga va   696 045 nafar aholi gepatit C turiga skrining  tekshiruvidan o‘tkazildi, ulardan 22 307 nafarida gepatit B va 22 157 nafarida gepatit C turlari aniqlandi.

Gepatit C ga qarshi dori vositalari xaridi uchun Davlat byudjetidan 47 mlrd. so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Misr Arab Respublikasi  bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 800 ming qadoq Daklotasvir va Sofosbuvir dori vositalarini beg‘araz yordam sifatida yuborish uchun kelishuvga erishildi.

 Hozirgi kunda 60 000 qadoq Daklatasvir va 7 000 qadoq Sofosbuvir dori vositalari gepatit C turi aniqlangan bemorlarga bepul tarqatilmokda. Ushbu dori vositalarini barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining markaziy yuqumli kasalliklar shifoxonalarida tarqatilmoqda.

Misr Arab Respublikasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida dorilar olinishi tufayli 35,25 mlrd. so‘m tejab qolinadi. Ushbu tejab qolingan mablag‘lar skrining tekshiruvi uchun yo‘naltiriladi va skrining soni yiliga 1 mln.ga yetkazilishi rejalashtirilgan. Bu kabi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmat

 @sanepidcommittee