• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Sanepid haqida

Qo’mitaning asosiy vazifalari

  • Sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish;
  • Sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli kasalliklar tashxisi bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  • Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
  • Jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, mazkur yo‘nalishda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

Vakolatli davlat boshqaruvi organi

Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi aholining sanitariya-epidemiologiya barqarorligini taʼminlash va aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi
Jamoat salomatligini nazorat qilish

Sanitariya-epidemiologiya Qo’mita o‘z faoliyatida

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga
  • Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga
  • Shuningdek, ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.