logo

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda, umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muasssasalarida davlat sanitariya nazorati samaradorligini oshirish va ularni to‘g‘ri tashkillashtirish maqsadida ushbu muassasalarda joriy sanitariya nazorati olib boriladi.

Muassasada mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tuzilgan yillik reja asosida bir yilda bir marotaba rejali tekshirish o‘tkaziladi. Belgilangan rejadan tashqari, maxsus hamda epidemiologik ko‘rsatmaga asosan ham o‘tkazilishi mumkin.

Muassasalarda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishi, ularda sanitariya me’yorlari va gigiyenik normativlarga rioya etilish holatiga har tomonlama to‘liq va ob’yektiv baho berish maqsadida tekshiruvlar kerakli hajmda laboratoriya-instrumental usullardan foydalangan holda  olib boriladi.

Muassasalarda o‘tkaziladigan tekshiruvlarga zarur holatlarda sanitariyaepidemiologiya xizmati bosh mutaxassislari va sanitariya vrachlaridan tashqari, boshqa vazirlik va idoralar mutaxassislari ham jalb etilishi mumkin.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati  bosh mutaxassislari, sanitariya vrachlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi qayta o‘tkaziladigan nazorat tekshiruvlari bilan baholanadi.

Joriy sanitariya nazorati o‘tkazish  bo‘yicha standart dalolatnoma asosida quyidagi masalalar o‘rganilishi kerak:

-     muassasa xududining sanitariya holati va obodonlashtirilganligi;

-  muassasa binolari va xonalarining sanitariya-texnik holati, injenerlik infrastrukturasi (suv ta’minoti, issiq suv va isitish tizimi, ventilyasiya va kanalizasiya tizimi) holati;

-    o‘kuv (guruh) xonalarning jihozlar bilan ta’minoti va ularning holati;

- sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, dezinfeksiya talablariga rioya etilishi;

-  dori-darmonlar, zararsizlantiruvchi vositalar bilan ta’minlanishi;

-  muassasada o‘quvchilarni sifatli, xavfsiz va tizimli ovqatlanishini tashkillantirish;

-  o‘quv va tarbiya jarayoni bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish, erta aniqlash  va sog‘lomlashtirish;

-  muassasada xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilish holati;

-  amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlar asosida boshqa masalalar ham o‘rganilishi mumkin.

Joriy sanitariya nazorati laboratoriya-instrumental usullar bilan qamrab olinishi uchun sanitariya-epidemiologiya xizmati laboratoriya kompleksiga buyurtma beriladi va laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Barcha o‘tkazilgan  tekshiruvlar  natijasi bo‘yicha joriy sanitariya nazorati o‘tkazgan bosh mutaxassislar, sanitariya vrachlar tomonidan  “Sanitariya nazorati o‘tkazilganligi xaqida dalolatnoma» rasmiylashtiriladi.

Muassasalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasi bo‘yicha ma’muriy chora birinchi navbatda rahbarlarga, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga nisbatan qo‘llaniladi.

Davlat sanitariya nazoratini o‘tkazish natijasida  o‘quv tarbiya muassasalarida sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratishga, bolalar salomatligini va jismoniy rivojlanishini mustahkamlashga, ularni

sog‘lomlashtirishga, somatik va yuqumli kasalliklarni, ovqatdan zaxarlanish holatlarini oldini olishga erishiladi.

Sanepidxizmat

Matbuot xizmati

️@sanepidxizmat