logo

Gʼarbiy Аfrikaning Gana mamlakatida Marburg virusi bilan kasallangan ikki nafar bemor aniqlandi. Kuchli gemorragik isitma va oʼlimga sabab boʼluvchi ushbu xastalik oqibatida 26 va 51 yoshli fuqarolarning har ikkisi ham hayotdan koʼz yumgan.

Marburg virusi Ebola kasalligi singari oʼta yuqumli boʼlib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaktsinalar ham yaratilmagan.

Hozir Gana hukumati virus tarqalishining oldini olish yuzasidan barcha zarur choralarni koʼrmoqda. Bemorlar bilan muloqotda boʼlgan 100 ga yaqin kishi qatʼiy karantinga olingan. Shuningdek, Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti bir guruh mutaxassislarini ushbu mamlakatga safarbar etyapti.

Marburg kasalligi – virus koʼzgʼatadigan, turli xil yuqish yoʼllariga ega boʼlgan, tana haroratini koʼtarilishi va qon ketish belgilari bilan kechadigan va oʼlim darajasi yuqori boʼlgan tez yuquvchi, oʼta xavfli yuqumli kasallikdir.

Marburg isitmasining manbai Аfrika yashil martishkalari (birlamchi manba) hamda shu kasallikka chalingan bemor odam hisoblanadi.

Kasallik maishiy–muloqot, havo-tomchi, alimentar yoʼllar bilan yuqadi.

Yuqish omillariga MGI kasalligiga chalingan yashil maymunlarning qoni, organlari, spermasi, siydigi, shilliqli ajralmalari kiradi va ularda virus nisbatan yuqori kontsentratsiyalarda aniqlanadi. 

MGI kasalligi bilan barcha yoshdagilar va jinsdagilar kasallanishi mumkin. Kasallikda davriylik hamda mavsumiylik xos emas.

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʼra, xastalik alomatlari toʼsatdan boshlanadi va bemor yuqori tana harorati, kuchli bosh ogʼrigʼi hamda bezovtalikdan aziyat chekadi.

Marburg kasalligining Oʼzbekistonda tabiiy oʼchoqlari yoʼqligi sababli kasallik mahalliy holatda qayd etilmaydi. Аmmo kasallikning xorij davlatlari orqali kirib kelish xavfi yoʼq emas.

Kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida, respublika hududiga tashrif buyurgan shaxslar Sanitariya-karantin punktlarida zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar yordamida termometriyadan oʼtkazilmoqda.

Barcha tibbiyot xodimlarini karantin va oʼta xavfli yuqumli kasalliklar boʼyicha maxsus dastur asosida oʼqitildi;

 Gemorragik isitma kasalliklariga gumon qilingan har bemor yuzasidan chuqur epidemiologik surishtiruv ishlari oʼtkazilmoqda;

 Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maxsus laboratoriyalari hamda kasallikka chalingan (gumon qilingan) bemorlarni oʼz vaqtida yotqizish, davolash maqsadida yuqumli kasalliklar shifoxonalari shay holatga keltirilgan boʼlib mutaxassislar muntazam qayta tayyorgarlikdan oʼtkazilib kelinmoqda

Gemorragik isitma kasalligiga chalingan bemorlarini davolash ishlarini tashkil etish uchun zarur dori vositalari zaxirasi yaratilgan;

 Davlat chegara-bojxona postlaridagi sanitariya-karantin punktlari tomonidan kasallanish tarqalgan qoʼshni dalvatlardan tashrif buyuradigan fuqarolarning tibbiy nazorati va karantin va oʼta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi boʼyicha aholi oʼrtasida sanitariya – targʼibot ishlarini kuchaytirildi. Shu oʼrinda aholimizdan oʼz salomatligiga beʼtibor boʼlmasliklarini soʼrab qolamiz.