logo

        Samarqand shahridagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetida “Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammiti ishtirokchilariga mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmati ko‘rsatilishi davomida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

        Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bosh mutaxassisi A.Ismoilov, Samarqand viloyat hokimining turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Qobilov va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, mutaxassislar hamda Sammitga jalb etilgan mehmonxona va restoranlar rahbarlari, ish boshqaruvchilari, bosh oshpaz, oziq-ovqat ombori mudirlari lavozimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi.

       Mutaxassislar tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti ishtirokchilari, mehmonlar, xo‘randa va sayyohlarga mehmonxona va restoranlarda yuqori sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatilishi hamda sanitariya-gigiyena holatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.