logo

Samarqand turistik markazi hududida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Samarqand viloyat boshqarmasi va Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Sanksiyalanmagan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari topilishi bilan bog‘liq avariyani bartaraf etishda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilishda davlat tizimi xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining hamkorligi” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Tadbir hududlarda favqulodda holatlarda aholini kimyoviy yong‘inlar va radiatsiyadan himoya qilish hamda ularning oldini olish maqsadida o‘tkazildi.