logo

Oziq-ovqat xavfsizligi ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichlarida – ishlab chiqarishdan tortib yig‘ib olish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va tayyorlash hamda iste’mol qilishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarida muhim rol o‘ynaydi. 
Har bir bosqichida oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslanish xavfi mavjud bo‘lib, ularning xavfsizligi uchun har bir ishtirokchisi (tadbirkor) javobgardir.
Xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida dunyoda har yili 600 millionga yaqin inson jabrlanadi va ular inson salomatligi hamda iqtisodiyotga tahdid soladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili 420 000 kishi mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish natijasida vafot etadi. Eng achinarlisi – ularning 125 000 nafarini 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash borasida ushbu sohadagi normativ hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti (JST),  Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII), Kodeks Alimentarius komissiyasi talablari va tavsiyalariga muvofiqlashtirilmoqda. Jumladan, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament loyihalari ishlab chiqildi. Amaldagi sanitariya qoidalari va normalari qayta ko‘rib chiqilib, qabul qilinmoqda. Aytish joizki laboratoriya xizmati uchun zamonaviy asbob-uskunalar xarid qilindi, bundan tashqari, Milliy referens laboratoriya Xalqaro akkreditasiyadan o‘tdi.

Sanepidxizmat 
Matbuot xizmati

▶️@sanepidxizmat