logo

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Sergeli tuman bo‘limi xodimlari olib borgan nazorat tadbiri davomida 110 litr mors ichimligi brakeraj qilinib, savdosiga chek qo‘yildi. 
"Dehqon bozori"da faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga sotuvdagi oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, ovqatdan zaharlanish, botulizmning oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazilib, ogohlantirish xatlari tarqatildi.