logo

Bugun Respublika vaksina saqlash omborxonasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan holda O‘zbekistonning milliy immunizasiya tizimini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga o‘ta zarur bo‘lgan sovuq zanjir uskunalari va komp'yuterlarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

📌Umumiy qiymati 1,3 million AQSh dollari bo‘lgan 671 ta sovutgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta komp'yuterni o‘z ichiga olgan ushbu uskuna O‘zbekistonning vaksinani funksional va samarali boshqaruvini tatbiq etish qobiliyatini oshiradi. Ushbu jihozlar butun mamlakat bo‘ylab birlamchi tibbiy yordam muassasalariga tarqatiladi.

📣Tadbirda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ma'muriyatining Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur, YuNISEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzade, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliev so‘zga chiqishdi.

Sanepidxizmat 
Matbuot xizmati

▶️@sanepidxizmat