logo

Ayni damda “Tashkent International Hotel” mehmonxonasida “ Aholi salomatligini mustahkamlash uchun transchegaraviy hamkorlik va aloqalarni kengaytirish”
Loyihasi doirasidagi konferensiya o‘z ishini boshladi. Ushbu konferensiyada AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi – Daniel ROZENBLUM, - AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari, Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori - Daniel A. SINGER, XMTning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi missiyasi rahbari. Markaziy Osiyo bo‘yicha Sub-mintaqaviy koordinator -Zeynal GAJIEV, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Baxodir Yusupaliiev hamda qator xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etishmoqda 

Ta'kidlash joizki, mazkur loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlarida chegarada sog‘liqni saqlash bo‘yicha ilk loyiha hisoblanadi. COVID-19 pandemiyasi Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalarini amalga oshirishda bir qator muammolarni aniqladi, ulardan biri kirish punktlarining (KP) tayyorgarlik darajasiga oid.

Loyiha doirasida XMT sog‘liqni saqlash, chegara va migratsiya uchun mas'ul bo‘lgan asosiy vazirliklar vakillarini o‘z ichiga olgan idoralararo chegara sog‘liqni saqlash guruhini yaratishga yordam berdi. CDCning texnik ko‘magi bilan Markaziy Osiyoning to‘rtta mamlakati, XMT va milliy sheriklar chegaradan o‘tish joylarida bo‘shliqlar va takomillashtirish zarur bo‘lgan joylarni tushunish uchun kirish punktlarida ehtiyojlarni baholashni o‘tkazdilar. Tibbiy mutaxassislar uchun kirish punktlarining tibbiy va tibbiy bo‘lmagan xodimlarini keyingi tayyorlash uchun 3 kunlik trening tashkil etildi.  Trening dasturi bir qator mavzularni o‘z ichiga oladi, jumladan: shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish (ShHV), yuqumli kasalliklar alomatlari gumon qilingan yo‘lovchilarni aniqlash, izolyasiya qilish, xabar berish va qo‘llab-quvvatlash, standart operasion proseduralarni ishlab chiqish (SOP), rejalar va boshqalar.

KPlarda ehtiyojni baholash davomida va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi milliy hamkorlar bilan suhbatlardan ma'lum bo‘lishicha, hozirgi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) platformasi a'zolari sifatida MDH Sog‘liqni saqlash Kengashi doirasi ishtirok etib, yuqumli kasalliklar bo‘yicha ma'lumot almashish imkoniyatiga egalar. Shu bilan birga, MDH shafeligida ma'lumotlarni boshqarish qanday tashkil etilganligi noma'lum. Baholash shuni ko‘rsatdiki, barcha Markaziy Osiyo davlatlar orasida muntazam ravishda ma'lumotlar almashish yo‘lga qo‘yilmagan. Ba'zi Markaziy Osiyo mamlakatlarida ikki tomonlama shartnomalar mavjud, ammo pandemiya paytida mamlakatlar o‘rtasida aloqa to‘xtatilgan.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun XMT CDC va JSST bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli vazirliklaridan ko‘p tarmoqli guruh vakillari ishtirokida  Markaziy Osiyo mintaqaviy tadbirini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ishtirokchilar ehtiyojlarni baholash natijalari bilan o‘rtoqlashish, boshqa mintaqalarda transchegaraviy muvofiqlashtirishning xalqaro amaliyoti to‘g‘risida xabardorlikni oshirish, mintaqada transchegaraviy muvofiqlashtirish va axborot almashinuvining mumkin bo‘lgan yondashuvlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad muvofiqlashtirish va axborot almashishning samarali modeli orqali Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida transchegaraviy muvofiqlashtirish va muloqotni takomillashtirish. Hozirgi transchegaraviy muvofiqlashtirish platformasini aniqlash, bo‘shliqlarni tahlil qilish va takomillashtirishning mumkin bo‘lgan usullari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli vazirliklari vakillari bilan birgalikda mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro axborot almashish bo‘yicha transchegaraviy tuzilmasini ishlab chiqishdan iborat.