logo

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi "Navbahor" mahallasiga yog‘ingarchilik ko‘p yog‘ishi natijasida sel holatlari kuzatildi. Oqibatda ushbu mahallaning Obod turmush va Yetti ovul ko‘chalaridagi aholi xonadonlarini suv bosdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan sel kelish oqibatida zararlangan  44 ta xonadonlarda  zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi. 
Ushbu xonadonlarda  yashovchi aholi o‘rtasida toza ichimlik suvi ichish, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanganligi uchun iste’mol qilmaslik  bo‘yicha sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi.