logo

Joriy yilning 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining katta majlislar zalida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tizimidagi tashkilotlarda “Davlat xaridlari va pullik xizmatni tashkil etish masalalari” mavzusida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyalar boshqarmalarning bosh hisobchilari, Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limlari boshliqlari va mas'ul mutaxassislari ishtirokida seminar-yig‘ilish o‘tkazildi. Seminarda, Davlat xaridlari va pullik xizmatni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, jumladan ko‘rsatiladigan xizmatlar narhlarini shakllantirish, pullik xizmatda ishtirok etuvchi xodimlarga ish haqi to‘lash tartiblari bilan birgalikda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muxokoma qilindi. Muxokoma qizg‘in muzokaralar va savol-javoblarga boy bo‘lib, kelgusida  amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.