logo

 Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning "Pirola" nomli yangi shtammi keng tarqalyotgani,

 mazkur mutatsiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvesiya, Norvegiya, Shveysariya, Tailand va AQShda ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Hozirgacha bo‘lgan davrda mamlakatimizda va qo‘shni davlatlarda koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlar qayd etilmagan.

Sanepidqo‘mitaning Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillar natijasiga ko‘ra mamlakatimizda kasallanganlarning  100 foizida “omikron” shtammining turli variantlari  ekanligi aniqlangan.

Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, mamlakatimizda epidemik vaziyat barqarorligicha saqlanmoqda.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee