logo

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va “Chegara bilmas shifokorlar” Xalqaro gumanitar tashkiloti bilan hamkorlikda aholi va aholining infeksiya yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar o‘rtasida OIV, gepatit С va zaxm (sifilis) kasalliklarini erta aniqlash, davo choralarini erta boshlash va aholining boshqa qatlamlariga tarqalishining oldini olish maqsadida “Mobil laboratoriya” xizmati yo‘lga qo‘yildi.

 Ushbu “Mobil laboratoriya” tasdiqlangan rejaga muvofiq joylarga borib aholi va aholining infeksiya yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar o‘rtasida OIV, VGC va zaxm (sifilis)ga ekspress usulida MUTLAQO BEPUL ravishda tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

 Tekshiruv natijasida musbat natijali shaxslarni tor doiradagi mutaxassislarga yo‘naltirgan holda davolash-diagnostikaga doir tibbiy xizmatlar amalga oshirib kelinmoqda.

 “Mobil laboratoriya”ga xohlagan shaxs murojaat qilib, shaxsini sir saqlagan holda (hech qanday hujjat talab etilmaydi), tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi, mabodo tibbiy tekshiruv mobaynida musbat natija aniqlangan taqdirda davolash-diagnostikaga doir tibbiy xizmatlarni olishi mumkin.

Muhimi ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning barchasi mutlaqo bepul ravishda amalga oshiriladi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee