Mamlakatimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlanmoqda. Ushbu bayram Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olish va yurt faravonligi uchun yillar davomida fidokorona mehnat qilgan hozirgi kunda esa qarilik gashtini surayotgan fidoyi insonlarning holidan xabar olish ularni rag‘batlantirish kuni sifatida ham keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliev hamda bir guruh xodimlar, uzoq yillar tibbiyot sohasi rivojiga va minglab bemorlarning sog‘ayib ketishiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar holidan xabar olishdi. Fidokorona mehnatlari uchun Yunusova Muxorrom Mustakimovna hamda Xolodova Yevgeniya Grigorovnalarga "Sog‘liqni saqlash a'lochisi" ko‘krak nishonlari, Sog‘liqni saqlash vazirining tabriknomalari va estalik sovg‘alari tantanali topshirildi. Shuningdek Sanitariya – epidemiologiya xizmatida yillar davomida faoliyat yuritgan 15 nafar faxriylar holidan xabar olindi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy rag‘batlar topshirildi.
