logo

JSST: 11 TA MAMLAKATDA SALMONELLYOZ TARQALIShI BELGIYA ShOKOLADI BILAN BOG‘LIQ

Zararlangan shokolad mahsulotlari kamida 113 mamlakatga tarqatilgan.

Bular Kinder Surprise, Kinder Mini Eggs, Kinder Surprise Maxi va Kinder Schoko-Bons kabi brendlar.

10 aprel kuni Xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi organlari tarmog‘i (INFOSAN) tomonidan global ogohlantirish e’lon qilindi.

Bugungi kunga qadar 11 ta davlatdan 151 ta xolatda kasallikning genetik bog‘liqlik holati xaqida xabar berildi (Salmonella Typhimurium, ketma-ketlik turi 34). Ma’lum bo‘lgan 151 holatdan 150 tasi Yevropada qayd etilgan bo‘lsa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida bitta holat qayd etilgan va Pasxa bayramlarida shokolad mahsulotlarini keng tarqatishni hisobga olinsa, boshqa mamlakatlarda ham kasallik tarqalishi holatlari qayd etilishi ehtimoli mavjud.

Infeksiyaning yanada tarqalish xavfi saqlanib qolmoqda.

Salmonellyoz profilaktikasi

Salmonellyozning oldini olish oziq-ovqat zanjirining barcha bosqichlarida, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishidan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish va tayyorlashgacha, savdo korxonalarida hamda uyda nazorat choralarini talab qiladi.

Axoli uchun umumiy profilaktika choralari:

Xojatxonadan so‘ng hamda uy hayvonlari va qishloq xo‘jaligi hayvonlari bilan kontaktda bo‘lgandan so‘ng qo‘llarni albatta sovun  bilan yuvish, ovqatni to‘g‘ri pishirish,  faqat pasterizatsiyalangan yoki qaynatilgan sut ichish, meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish.