logo

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati Toshkent shahar boshqarmasining joriy yilning 11 martdagi ko‘rsatma xatiga asosan oilaviy poliklinikalarda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini shakllantirilgan ro‘yxat asosida virusli gepatit A ga qarshi emlash ishlari olib borilmoqda. Bu jarayon tumanlardagi immunoprofilaktika va epidemiolog vrachlari tomonidan nazoratga olingan.

Bugunga qadar Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikalarda 1947 nafar 1,5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning bolalari  virusli gepatit A kasalligiga qarshi  emlandi. Bular:
🔹 Mirobod tumani – 135
🔹 M.Ulug‘bek tumani – 221
🔹 Shayxontohur tumani – 209
🔹 Yunusobod tumani – 107
🔹 Yakkasaroy tumani – 133
🔹 Chilonzor tumani – 300
🔹 Sergeli tumani – 215
🔹 Yashnobod tumani – 173
🔹 Olmazor tumani – 125
🔹 Uchtepa tumani – 175
🔹 Bektemir tumani – 51
🔹 Yangi hayot tumani – 103 nafar.
Emlash ishlari davom etmoqda.

Sanepidxizmat Matbuot xizmati