Koronavirus infeksiyasi hamda turli yuqumlik kasalliklarga qarshi kurashish, aholi salomatligini saqlash, barqaror sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash bugungi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida «Immunoprofilaktikaning dolzarb masalalari» mavzuidagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘istonning soha xodimlari bilan birgalikda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Vaksinalar va immunoprofilaktika bo‘limi boshlig‘i Diloram Tursunova va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Latofat Anvarova ishtirok etdi.
Konferensiyada immunizasiyaning dolzarb masalalari muhokama etildi. Shu bilan birga vaksinatsiya ishlari yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi.
Shuningdek, anjumanda COVID-19 infeksiyasi bo‘yicha jahon tibbiyotidagi izlanishlar, emlash samaradorligi bo‘yicha klinik izlanishlar, O‘zbekistonda SOVID-19 infeksiyasi bo‘yicha vaziyat, yurtimiz ilm-fani erishayotgan yutuqlar, ulardan amaliyotda foydalanish samarasiga oid ma’ruzalar tinglandi va muhokama etildi.
Aholi orasida kasallikni o‘z vaqtida aniqlash, davolash va tarqalishining oldini olishga qaratilayotgan chora-tadbirlar, emlashning ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Sanepidxizmat Matbuot xizmati